Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada jamoat joylarini Fidel Kastro nomi bilan atash taqiqlandi
Kuba xalq hokimiyati Milliy assambleyasi Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro nomi bilan jamoat joylarini nomlashni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Biroq, yangi qonun madaniyat arboblariga inqilobchi obrazidan musiqa, adabiyot, raqs va kinoda foydalanishni taqiqlamaydi. Uning suratlari ta'lim maskanlari va davlat idoralarida bo‘lishi ham mumkin.
Davlat rahbari Raul Kastroning so‘zlariga ko‘ra, komandante xotirasiga hurmat bajo keltirishning eng yaxshi usuli — bu uning inqilob konsepsiyasiga rioya qilishdir.
Fidel Kastro har doim shaxsga sig‘inishga qarshi ekanini ta'kidlab kelgan. Ammo, tanqidchilar, hayotda buning aksi bo‘lganini ta'kidlashadi. Uning so‘zlari mamlakat bo‘ylab barcha joyda osig‘liq turadi. Uning ismi har bir ommaviy yig‘inda yodga olinadi.
Inqilob yetakchisi Fidel Kastro 25 noyabrda uzoq xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan edi. Shu munosabat bilan Kubada to‘qqiz kunlik motam e'lon qilindi. Komandante jasadi yoqilib, uning hoki solingan idish Santyago-de-Kuba shahridagi qabristonga dafn etildi.
Mavzuga oid
13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi
09:00 / 24.10.2024