Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada texnologiyalar xalqaro forumi ochiladi
Xelsinkida chorshanba kuni Slush ikki kunlik texnologik konferensiyasi ochiladi. 2008 yilda tashkil etilgan forumda fikrlar, g‘oyalar almashilib, ish hamkorlari va sarmoyadorlar jalb etiladi. Slush Shimoliy Yevropadagi yangi texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari uchun eng yirik tadbir sanaladi.
2016 yilgi konferensiyaga 15 ming mehmon tashrif buyurib, deyarli ikki ming startap taqdim etilishi rejalashtirilgan. Tadbir qatnashchilari hayotning turli sohalari, jumladan tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlarida texnologiyalarni qo‘llash haqida suhbatlashib, siyosat borasidagi bir qator muhim mavzularni ham muhokama qilishadi.
Forumda Spotify, Shazam, Skype servislari, Nokia, Airbnb va boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Norvegiya valiahdi Xokon Slush’ning faxriy mehmoni bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tadbir doirasida musiqa texnologiyalariga bag‘ishlangan Slush music forumi ilk marotaba o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024