Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
Finlyandiya Yevropa komissiyasi bilan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 90 million yevrolik daromaddan foydalangan holda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar qildi Xelsinkida Mudofaa vazirligi.
Finlyandiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan foydalanib, Ukrainaga qurol yetkazib beradi. Mudofaa vazirligi 19 may, dushanba kuni Xelsinkida e’lon qilganidek, u Yevropa Ittifoqining Ukrainaga Yevropa tinchlik jamg‘armasi (EPF) orqali harbiy yordam ko‘rsatish choralarini amalga oshiruvchi davlatlardan biri sifatida tanlandi.
Finlyandiya hukumati Yevrokomissiya bilan taxminiy summasi 90 million yevroga tegishli kelishuv tuzdi. Ukraina Qurolli Kuchlari uchun o‘q-dorilar Finlyandiya ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadi va bu bilan Finlyandiyada bandlik darajasi oshadi, dedi mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen.
U Finlyandiyaning Rossiya hujumidan mudofaalanayotgan Ukrainani sobit qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi va Finlyandiyaning Ukrainaga 660 million yevrolik yordam dasturini eslatdi. «Bu Finlyandiya mudofaa sanoati imkoniyatlarining ajoyib namunasidir va bu bizning o‘q-dorilarni ishlab chiqarish quvvatiga kiritgan sarmoyalarimiz o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi», — deya qo‘shimcha qildi Xyakkyanen. Xelsinkidan Ukrainaga harbiy yordamning Rossiya aktivlaridan tushgan daromad bo‘yicha boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Avvalroq Finlyandiya Ukraina va NATO uchun dronlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi. Mudofaa sanoati kompaniyasi Summa Defence Finlyandiyada Ukrainadagi jangovar harakatlarda foydalaniladigan dronlarni ishlab chiqarish quvvatlarini tezda oshirish uchun zavod ochish rejasini e’lon qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025