Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: YouTube Rossiyadan ketishi mumkin
Agar xorijiy professional kontentli audiovizual servislar egalarining ulushini cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilinsa, YouTube videoxostingi Rossiya hududidan ketishi mumkin. Bu haqida "Kommersant" gazetasi xabar berdi.
"Audiovizual servis tashkilotchisi" tushunchasiga foydalanuvchilar o‘zlari ishlagan kontentlarni joylashtiruvchi YouTube ham kiradi. Manbaga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi YouTube'ning Rossiyadan ketishiga olib keladi.
Videoxosting ham professional, ham foydalanuvchi kontentga ega, biroq hozirda birini ikkinchisidan ajratuvchi usul yo‘q. Bundan tashqari, qonunning qabul qilinishi qo‘shimcha infratuzilma yaratish tufayli xarajatlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "Vympelkom" va MTS aloqa operatorlari ham xorijiy onlayn-kinoteatrlar faoliyatining cheklanishi to‘g‘risida qonunning qabul qilinishiga qarshi chiqishmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025