O‘zbekiston | 17:53 / 01.12.2016
18281
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yirik biogaz qurilmasi ishga tushirildi

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish borasida sezilarli salohiyatga ega. Biroq, amalda bundan umuman foydalanmayapti. Dastlabki baholarga ko‘ra, O‘zbekistonning biogaz salohiyati 8,9 mlrd kub metrga tengdir. Bu turdagi yoqilg‘ining issiqlik chiqarish xususiyati 6,5 mlrd kub metr tabiiy gazga tengdir. Bu esa, O‘zbekistondagi energiya manbalariga bo‘lgan talabning 10 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. 

23 noyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida namunaviy loyiha bo‘yicha biogaz qurilmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Uzdaily. Uz sayti. 

Loyiha ochilishida BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner, Buloqboshi tumani hokimi Doniyorbek Maqsudov, viloyat hokimligi, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, fermerlar, mahalla faollari va aholi vakillari ishtirok etgan. 

Yangi biogaz qurilmasi hajmi 400m3 bo‘lib, viloyatdagi eng yirigi hisoblanadi. muqobil energiya manbasi yarim gektar issiqxonani pomidor va bodringlarni yetishtirish hamda hosilni ko‘zlangan muddatda olish imkonini beradi. Bundan tashqari, energiya manbasidan tashqari, qo‘llashga tayyor bo‘lgan bioo‘g‘it olish mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid