Beshinchi bemorning o‘limidan so‘ng sun'iy yurak klinik sinovlari to‘xtatildi
Fransiyada protez ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan o‘tkazilayotgan sun'iy yurak klinik sinovlari to‘xtatib qo‘yildi. Bunga sun'iy qurilma o‘rnatilgan beshinchi bemorning o‘limi sabab bo‘ldi. Bu haqida AFP agentligi ANSM'ga asoslanib, xabar berdi.
"ANSM Carmat'dan (protez ishlab chiquvchi) beshinchi bemorning o‘limi haqida xabar oldi. Klinik sinovni to‘xtatishga qaror qilindi", - deya ta'kidladi manba.
Carmat'da bemorning o‘limi va implantant o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi aniqlanmaganligini ma'lum qilishgan. Marhumga Carmat klinik sinovlarining asosiy fazasi davomida yaratilgan sun'iy yurak o‘rnatilgan. Bu amaliyot avgust oyida o‘tkazilgan, uning natijalaridan kelib chiqib, hukumatdan ommaviy tijorat ishlab chiqarishga ruxsat olinishi kerak bo‘lgan.
Carmat yangi avlod sun'iy yuraklarining klinik sinovlarini 2013 yildan beri olib bormoqda. O‘sha yili ilk 4 bemorga transplantatsiya qilishga ruxsat olingan. Bemorlar hayotining amaliyotdan keyingi maksimal davomiyligi 9 oyni tashkil qilgan.
Frantsuz professori Alen Karpante tomonidan yaratilgan qurilma sun'iy yuraklarning boshqa modellaridan tashqi tomondan sozlash zarurati yo‘qligi bilan ajralib turadi. Airbus aviatsion-kosmik konserni va bir qator boshqa yuqori texnologik fransuz kompaniyasi mutaxassislarining qo‘llab-quvvatlashi ostida ishlab chiqilgan yangi yurak deyarli xuddi biologik yurak kabi ishlaydi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024