Jahon | 13:23 / 01.12.2016
44175
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga Qambar ota GESini qurishni taklif qilmoqchi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga Qambar ota GES-1 qurish taklifini bermoqchi. Bu haqida bugun, 1 dekabrda yakuniy matbuot konferensiyasida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev ma'lum qildi. Qirg‘izistonning 24.kg nashri shu haqida xabar berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihada O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bir qatorda muassis bo‘lishi kerak. 

"GES o‘zbek xalqini suv bilan ta'minlash maqsadida loyihalashtirilgan. Dastlab Islom Karimov bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, keyin O‘zbekistonning pozitsiyasi o‘zgardi. Biroq o‘shanda muassis Rossiya bo‘lgandi", - dedi Almazbek Atambayev. 

"Biz bu loyihani hamkorlikda amalga oshirishimiz mumkin. Shunda Qozog‘istonga ham, O‘zbekistonga ham suv yetadi. Agar biz - uch mamlakat birga bo‘lsak, kreditlar masalasi ham yengillashadi. O‘zbekiston Respublikasiga Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lishiga umid qilaman. Shunda hech qanday hal qilinmagan masalalar va kelishmovchiliklar bo‘lmaydi. Biz u bilan yaxshi, do‘stona munosabatdamiz", - deya izohladi prezident. 
 

Mavzuga oid