Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada ommaviy qotillik sodir etildi
Avstriyaning Bexaymkirxen (mamlakatning shimoli-sharqida, Quyi Avstriya yerlari) hududida joylashgan uylarning biridan politsiya 6 nafar kishining jasadini topgan. Bu haqida Kleine Zeitung nashri ma'lum qildi.
Marhumlarning barchasi bir oila a'zolari bo‘lganligi aniqlandi: keksa yoshli ayol, uning qizi va o‘g‘li, shuningdek 3 nafar nevarasi (qizining farzandlari). Voyaga yetmagan qurbonlar 7-10 yosh atrofida. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 3 bolali ayol barcha oila a'zolariga qarata o‘q uzgan va shundan keyin o‘z joniga suiqasd qilgan.
Ayolni bunday qilishga nima majbur qilgani oshkor etilmagan. Psixiatr Raynxard Xallerning so‘zlariga ko‘ra, ayol kishi bunday qotillikni kamdan-kam hollarda sodir etadi, shunday ekan, gap vaqtinchalik "aqldan ozish" haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, oila so‘nggi 20 yil davomida shu uyda yashab kelgan. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, ular shu yillar ichida hayotdan ko‘z yumgan qarindoshlar orasida janjal chiqqanini eslay olishmaydi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025