Sport | 19:13 / 02.12.2016
4450
1 daqiqa o‘qiladi

“Formula-1” g‘olibi musobaqadagi faoliyatini yakunladi

Foto: Globallookpress.com

Germaniyalik avtopoygachi Niko Rosberg 2016 yil chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng “Formula-1”dagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda sportchi Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Poygada o‘tkazgan 25 yillik faoliyatim davomida “Formula-1”da g‘alaba qozonish eng katta orzuim edi. Men Yaponiya Gran-prisida g‘alaba qozonganimda, sovrin qo‘limda ekanini tushundim. Mercedes ijrochi direktori Totto Volf meni tushundi va qarorimni qabul qildi», - deya yozdi Rosberg.

Joriy mavsumdagi g‘alaba 31 yoshli sportchi uchun umumiy hisobda qo‘lga kiritilgan birinchi sovrindir. Eslatib o‘tamiz, Rosberg mavsum yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni 27 noyabr kuni Abu-Dabi Gran-prisidagi g‘alaba bilan naqd qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid