Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil TIV: Suriya inqirozi Asad ketsa hal bo‘ladi
Suriya mojarosini hal etish ushbu arab davlati prezidenti Bashar Asadning siyosat sahnasidan ketishini talab qiladi. Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman Vashingtonning Brukings institutida qilgan chiqishida shunday bayonot bergan.
"Suriyada qanday bo‘lmasin biron kelishuvga erishish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsa nima? Men bunday kelishuv bo‘lishiga unchalik ham ishonmayman. Ammo, buning ikkita sharti bor: Asad va eronliklarni Suriyadan chiqarish", - degan Isroil TIV rahbari. Uning fikricha, Asad endilikda "jahon sahnasida qanoatlantiruvchi arbob" bo‘la olmaydi.
"Asadni joyiga qo‘yish kerak, eronliklarni ham joyiga qo‘yish kerak", - deb hisoblamoqda Liberman.
Shu bilan birga, Isroil tashqi ishlar vaziri AQShning Donald Tramp rahbarligidagi yangi ma'muriyatini Yaqin sharqdagi muammolarni hal etishdan bosh tortmaslikka chaqirdi. Uning ishonch bildirishicha, AQShning faol ishtirokisiz Yaqin sharq muammosini hal etib bo‘lmaydi.
Isroil tashqi siyosat mahkamasi rahbari, shuningdek, Eronni BMT XKning besh doimiy a'zosi va Germaniya bilan erishilgan yadro muammosini hal etish kelishuvi bandlarini buzganlikda aybladi. Liberman Eronning ballistik raketalari sinovini o‘tkazganini o‘z fikriga isboti deb baholagan. Shu munosabat bilan, Liberman Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish fikrini ilgari surgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025