Sport | 14:48 / 04.12.2016
6666
2 daqiqa o‘qiladi

«Shapekoense» Janubiy Amerika kubogini olishi tasdiqlandi

Braziliyaning «Shapekoense» futbol klubi prezidenti Ivan Tozzo klub Janubiy Amerika kubogi g‘olibi nomini va unda g‘olib bo‘lganlik uchun olinadigan mukofot pulini olishini tasdiqladi, deb xabar berdi Tribuna.uz sayti

Ayni vaqtda Janubiy Amerika futbol federatsiyasi (KONMeBOL) «Shapekoense» klubini Janubiy Amerika kubogi g‘olibi deb e'lon qilishga qaror qildi. Federatsiyaga bu taklifni «Shapekoense» bilan finalda o‘ynashi kerak bo‘lgan, Kolumbiyaning  «Shapekoense» klubi bildirgan. 29 noyabrda birinchi final uchrashuviga uchib ketayotgan «Shapekoense» klubi futbolchilarining aksariyat qismi aviahalokatda halok bo‘lgandi.

«KONMeBOL "Shapekoense"ni Janubiy Amerika kubogining g‘olibi deb topishlarini  tasdiqladi. Bundan tashqari, klub 2 mln dollarlik mukofot puli oladi. Barchasi tasdiqlandi. Biroq Men kubokni topshirish marosimi bo‘lishi haqida hech narsa bilmayman», deb aytdi Tozzo.

«Biz barcha federatsiyalar va ayniqsa Shapeko ahlidan ko‘mak olmoqdamiz. Biz hozir  jamoani qayta tuzmoqdamiz. Shapekoda odamlar futbol ko‘rishmoqchi, ular futbolni sevadilar», deb qo‘shimcha qildi Tozzo.

Mavzuga oid