Jahon | 21:01 / 05.12.2016
34793
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p qurol-aslaha sotuvchi davlatlar nomlari ma'lum qilindi

Rossiya, Yevropa va Osiyo qurol ishlab chiqaruvchilari qurol-aslaha sotish hajmini oshirmoqdalar. Bu orada AQSh harbiy konsernlarining savdo hajmlari qisqarmoqda, deb aytildi dunyo muammolarini tadqiq qiluvchi Stokgolm instituti (SIPRI) hisobotida.

Hisobotga ko‘ra, dunyoda qurol-aslaha sotish bo‘yicha hali ham yetakchi o‘rinni AQSh kompaniyalari egallamoqda: 2015 yilda bu kompaniyalar 209,7 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotishgan, bu esa 2014 yildagidan 3 foiz kamroq bo‘lgan.  AQSh kompaniyalari ulushiga dunyoda sotilgan butun qurol-aslahaning 56,6 foizi to‘g‘ri kelgan.

Qurol-aslaha sotish bo‘yicha 2-o‘rinni Buyuk Britaniya egallamoqda: britan kompaniyalarining hisobiga 10,6 foiz savdolar to‘g‘ri kelmoqda. 3-o‘rinni Rossiya 8,1 foiz bilan egallamoqda, bu esa 2014 yilga nisbatan 6,2 foizga ko‘proq. 2013 yilda Rossiya kompaniyalari savdo hajmlarini 20 foizga, 2014 yilda esa 48 foizga oshirishgan. 

4-o‘rinda 5,8 foiz bilan Fransiya, keyin esa qolgan Yevropa davlatlari bormoqda.

Rivojlanayotgan davlatlar orasida Turkiyaning qurol-aslaha savdo hajmi oshayotganligini qayd qilish kerak. 2015 yilda qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi turk kompaniyalari savdo hajmi 2014 yilga nisbatan 10,2 foizga oshgan. 

 

Mavzuga oid