Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Darg‘azab buqa antiqa raqibini ham ayab o‘tirmadi
Ispaniyada buqalar ishtirokidagi an'anaviy bayram Enserro vaqtida antiqa hodisa yuz berdi. Tadbirning mohiyati shundan iboratki, buqalar maxsus joydan olomon tomon chiqarib yuboriladi. Olomon esa ortidan quvayotgan buqalardan qochadi.
Tadbirda ishtirok etayotgan buqalardan biri hech kimga yeta olmagach, hovurini bosish uchun yo‘l chetida turgan avtomobilga hujum qilgan. Bu vaqtda avtomobil ichida bir necha kishi, jumladan bolalar bo‘lgan.
Internetda joylashtirilgan videoda darg‘azab buqadan avval kattalar va bolalar qochayotganini, biroq qandaydir lahzada buqa odamlar ketidan "quvlayverib" charchab, avtomobilga hujum qilib qolganini ko‘rish mumkin. Buqa mashinaning old o‘ng g‘ildiragini yaroqsiz holga keltirgach, uning oldi qismiga "o‘z e'tiborini qaratgan va uni ham ayab o‘tirmagan".
To‘siqlar ortida turgan odamlar buqaning e'tiborini chalg‘itish uchun unga qarata alvon mato ham otishgan, biroq buqa "pinagini ham buzmay o‘z ishini davom ettiravergan". Oxir-oqibat buqa bundan "zerikib", yana odamlarni quvlay ketgan.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025