Sport | 15:21 / 06.12.2016
6257
1 daqiqa o‘qiladi

«Real»ning yana 3 nafar futbolchisi soliqlarni yashirishda gumon qilinmoqda

Madridning «Real» klubi uch nafar futbolchisi o‘z daromadlarini soliqlarda sir tutganlikda gumon qilinmoqda.

Jamoaning portugaliyalik futbolchilari Fabiu Koentrau va Pepe soliq idoralaridan naq 7 million yevroni yashirgan, deya xabar beradi Portugaliyaning Expresso nashri.

El Mundo nashri bergan xabarda esa, shuningdek xorvatiyalik yarimhimoyachi Luka Modrich o‘zining imij huquqini sotishdan ko‘rgan daromadlarini ispan soliq idoralaridan berkitib kelgan.

Xabarda yozilishicha, Modrich buning uchun xotini bilan soliq to‘lovlari juda past bo‘lgan Lyuksemburgda kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan. Joriy yilning 18 yanvaridan boshlab soliq xizmati Modrichning 2012, 2013 va 2014 yildagi soliq to‘lovlari bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Fabiu Koentrau va Pepe ham o‘zlarining imij huquqini offshor kompaniyalari orqali sotgani aniqlangan.

Mavzuga oid