Sport | 17:39 / 06.12.2016
8865
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik futbolchi «Zenit»da ko‘rikdan o‘tadi

Qarshining «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev yaqin kunlarda Rossiyaga jo‘nab ketadi.

Tribuna.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Aziz G‘aniyev Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida ko‘rikdan o‘tadi. Ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, futbolchi keyingi yildan boshlab Rossiya Premer-ligasi jamoasi safida to‘p surishni boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Zenit» vakillari futbolchining o‘yinlarini kuzatishgan va uning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida xabar tarqatilgandi.

Aziz G‘aniyev «Nasaf»ning joriy mavsumdagi Oliy Liga o‘yinlarida 17 bor ko‘rinish bergan. Shulardan 11 tasida uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid