Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentining virtual qabulxonasi ish boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining virtual qabulxonasi (fa-vq.uz) ochildi. Endi turli dolzarb masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Akademiya prezidentiga murojaat qilish mumkin.
Bunda murojaatni ikki usulda – (0 371) 233 59 86 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki fa-vq.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to‘ldirib yuborish mumkin. Sayt orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat natijasini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Fanlar akademiyasi, uning tizimidagi muassasa va tashkilot rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiy qabullar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, murojaatlar [email protected] elektron pochta manzili orqali ham qabul qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi
22:24 / 01.02.2025
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Galina Matviyevskaya vafot etdi
16:47 / 24.01.2025