Italiya prezidenti bosh vazir iste'fosini qabul qildi
Italiya prezidenti Serjo Mattarella mamlakat bosh vaziri Matteo Rentsi iste'fosini qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mattarella hokimiyatning o‘tishi jarayonida Rentsiga vaqtinchalik bosh vazir lavozimini bajarib turishni taklif qildi.
8 dekabrda hukumatning bo‘lg‘usi tarkibi bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlanadi. Bundan keyin prezident joriy vazirlar mahkamasining a'zosi yoki Demokratik partiyaning boshqa bir siyosatchisiga yangi hukumatni shakllantirib ko‘rishni iltimos qiladi.
Saylovlar 2018 yilda bo‘lib o‘tadi, biroq ko‘pchilik siyosatchilar uni avvalroq o‘tkazishga chaqirmoqdalar.
Rentsi 4 dekabrdagi konstitutsion referendumda mamlakat fuqarolari uning davlat boshqaruvi tizimiga taklif qilgan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlamaganlaridan keyin o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi.
Rentsi boshchiligidagi hukumat parlament yuqori palatasining rolini kamaytirish hamda viloyatlar hokimiyatlaridan vakolatlarning bir qismini olish tashabbusini bildirgandi. Konstitutsion islohotlar loyihasiga saylovda ishtirok etganlarning 59,11 foizi qarshilik bildirdi.
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024