Jahon | 20:37 / 08.12.2016
6166
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda sobiq prezident Muhammad Mursiyning o‘g‘li hibsga olindi

Misrning sobiq davlat rahbari Muhammad Mursiyning o‘g‘li Sharqiya viloyati ma'muriy markazida hibsga olingan. Bu haqda "Al-Vatan" yangiliklar portali xabar qilmoqda.

Uning yozishicha, Usoma Mursiy Zakazik shahrida ushlangan. U mamlakatda faoliyati taqiqlangan "Musulmon birodarlar" tomonidan tashkil etilgan tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, politsiya, armiya va davlat idoralari xodimlariga nisbatan xuruj qilgan. 

"Musulmon birodarlar" vakili bo‘lgan Muhammad Mursiy 2013 yil yozida davlat rahbarligidan ag‘darilgan edi. Avvalroq, qamoqxonadan qochganligi va ommaviy tartibsizliklarda qatnashgani uchun u o‘lim jazosiga mahkum etilgan, ammo, 2016 yil noyabrida Mursiy ishi takroriy surishtiruvga yuborilgandi. Hozirda u Qoxira yaqinidagi Tora qamoqxonasida saqlanmoqda. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid