Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti: “Respublikada daxlsiz insonlar yo‘q, bo‘lmaydi ham”
Qirg‘izistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvidagi korrupsiya alomatlarini bartaraf etish yo‘lida misli ko‘rilmagan qadam tashlandi. Bu haqda 9 dekabr kuni mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kunida qilgan chiqishida aytib o‘tgan.
"Iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi va davlat asoslariga rahna soluvchi korrupsiyaga qarshi kurashda vaziyatni tubdan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi davlat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga “kuchli siyosiy iroda” va “tizimli yondashuv” yordamida erishilgan. Prezidentning hisoblashicha, mamlakat hukumati tomonidan “bu jinoiy hodisani” bartaraf etish uchun qilingan harakatlar fuqarolarning davlat imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshirgan.
"Oddiy fuqarolar va davlat byudjyeti hisobidan noqonuniy boyib ketishni istovchilarning qarshiliklariga qaramay, bunday fikrga ega mansabdorlarning jazosini beramiz va mamlakatni taraqqiy ettirishni istovchi yoshlar yo‘lini ochamiz. Respublikada daxlsiz insonlar yo‘q, bo‘lmaydi ham", - deb ta'kidlagan prezident.
Qirg‘izistonda so‘nggi olti yil ichida “korrupsiya” moddasi bilan milliy parlament deputatlari, vazirlar, ularning o‘rinbosarlari, shahar merlari, shuningdek, bir qancha yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ular orasida davlat rahbari devonining xodimlari ham bor.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025