Jamiyat | 18:44 / 10.12.2016
14764
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyadagi dahshatli poyezd halokati videosi paydo bo‘ldi

Bolgariyaning Xitrino aholi punktida (Shumen viloyati) 10 dekabr kuni suyultirilgan gaz olib ketayotan poyezdning bir necha sisternalari relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida portlash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 27 nafardan ziyod inson jarohat olgan, deb xabar berdi Nova TV.

Poyezd tarkibida 26 sisterna bo‘lgan bo‘lib, ularning uchtasida propan-butan bo‘lgan. 20 sisternada esa – propilen yonuvchi gazi, yana uchtasi esa bo‘sh bo‘lgan, deb aniqlik kiritgan TASS. 

Halokat sabablari aniqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid