Jahon | 16:41 / 11.12.2016
5387
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya prezidenti TIV rahbariga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini beradi

Italiya prezidenti Serjio Matarella mamlakat tashqi ishlar vaziri Paolo Jyentilonini o‘z qarorgohiga chaqirdi. Bu haqida yakshanba, 11 dekabr kuni davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, bu Jyentiloniga yangi hukumatni shakllantirish topshirig‘i berilishiga ishoradir. 

Tashqi ishlar vaziri davlat rahbari qabuliga yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 12:30ga kelishi ta'kidlangan. 

7 dekabr kuni Matarella hukumat rahbari lavozimini tark etishga qaror qilgan bosh vazir Matteo Rentsining iste'fosini qabul qildi. 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendumda fuqarolar davlatni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashmadi.

Italiya hukumati parlamentning yuqori palatasi va senatning rolini kamaytirish, shuningdek mintaqaviy hukumatlar vakolatlarining bir qismini olib qo‘yish  tashabbusi bilan chiqishdi. Saylovlarda ishtirok etgan 59,11 foiz fuqaro konstitutsiyaviy islohot loyihasiga qarshi chiqdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid