Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritishga doir referendum nihoyasiga yetdi
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritishga doir umumxalq referendum va mahalliy kengashlar saylovlari soat 20:00da o‘z ishini tugalladi. Bu haqida mamlakat MSKning matbuot xizmati ma'lum qildi.
Bugun, 11 dekabr kuni Qirg‘izistonda Asosiy qonunga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendum bo‘lib o‘tdi. Joriy Konstitutsiya 2010 yilda sobiq davlat rahbari Kurmanbek Bakiyev rejimi qulagandan keyin qabul qilingan.
Referendum mamlakat parlamentiga kiruvchi bir qator partiyalar tashabbusi bilan o‘tkazildi va prezident Almazbek Atambayev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. O‘zgarishlar mualliflarining ta'kidlashicha, asosiy maqsad hukumat tarmoqlari orasidagi muvozanat va mamlakatdagi parlamentarizmni mustahkamlash bo‘lishi kerak.
Referendum bilan bir qatorda bugun mamlakatdagi 405 aholi punktida mahalliy kengashlar saylovlari ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025