Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keksa yaponlar QR-kod bilan belgilanadigan bo‘ldi
Yaponiyaning Iruma shahrida keksalikda aqli zaiflikdan aziyat chekuvchi mahalliy aholiga nisbatan noodatiy usul qo‘llanadi. Dementsiyaga duchor bo‘lgan bemorlarning qo‘llari va oyoqlariga egasi haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi QR-kodli stikerlar tushiriladi. Mazkur qaror keksa yoshli kishilar yo‘qolib yoki adashib qolgan taqdirda, ularni topishga yordam beradi. Bundan tashqari, QR-kodda favqulodda vaziyatlarda bog‘lanish mumkin bo‘lgan shaxsga doir ma'lumot ham joylanadi. Japan times nashri shu haqida ma'lum qildi.
Loyiha o‘tgan oydan boshlab Yaponiyada test rejimida ishga tushirildi. Kvadrat shakldagi stikerlar qo‘l yoki oyoqqa tushirilgandan keyin ikki haftagacha saqlanib turadi va suvda o‘chib ketmaydi. Mahalliy amaldorlarning ta'kidlashicha, ushbu belgilar maxsus ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar yoki poyabzallarga qaraganda samaraliroqdir, chunki yoshi bir joyga borgan, dementsiyaga yo‘liqqan kishi "x" kunida bu mayka yoki poyabzalini kiyishiga kafolat yo‘q.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2060 yilga borib, Yaponiya aholisining 40 foizini nafaqaxo‘rlar tashkil qiladi. Statistika bo‘yicha, bugungi kunda mamlakatdagi 75 yoshdan oshgan 4,8 million kishi haydovchilik guvohnomasiga ega.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025