O‘zbekiston | 18:33 / 13.12.2016
9288
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda bortida Chusovitina bo‘lgan samolyotda bomba topilmadi

Dushanba kuni Nyu-York aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti bortida hech qanday bomba topilmagan. Bu haqda aeroport ma'muriyati xabar berdi.

"Hukumat Jon Kennedi nomidagi aeroportga po‘pisa sabab jo‘natilgan Lufthansa samolyoti bilan holat yuzasidan izoh berdi. Yo‘lovchilar xavfsiz joyga ko‘chirildi... bomba topilmadi", - deyiladi aeroport ma'muriyatining Tvitterda chop etilgan xabarida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, reysda bo‘lgan barcha yo‘lovchilar mehmonxonalarda joylashtirilgan. 

Avvalroq, ushbu samolyot bortida hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham bor bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid