Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UNICEF: Nigeriyadagi 80 ming bolaning hayoti ochlik tufayli xavf ostida
Kelgusi yili Nigeriyaning shimoli-sharqida yarim million bola ochlikka yuz tutadi, insonparvarlik yordami yetkazilmasa, ulardan 80 ming nafari halok bo‘ladi. Bu haqida UNICEF hisobotiga asoslanib, Daily Sabah nashri xabar berdi.
Xalqaro tashkilotning ijrochi direktori Entoni Leyk hozirgi inqiroz halokatga aylanishi mumkin ekanligini ta'kidladi.
Uning bayonot berishicha, 400 ming och-nahor bola 2,6 million qochqinlar boshidan kechirayotgan qiyinchiliklarning bir qismi, xolos.
"Agar ularga zarur yordam ko‘rsatilmasa, bu bolalarning har beshinchisi hayotdan ko‘z yumadi", -deyiladi hisobotda.
Bugungi kunda Bornoga insonparvarlik yordami yetkazib berishning hech qanday iloji yo‘q. UNICEF bu hududlarda tutqun bo‘lgan bolalarning hayotidan xavotirda.
Mavzuga oid
17:19 / 18.05.2025
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025