Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyuradi
Turkiyaning tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu 20-21 dekabr kunlari Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig‘ilishiga tayyorlanish uchun Ukrainaga tashrif buyuradi, deb ma'lum qildi Turkiya tashqi ishlar vazirligi.
"Bizning vazir Oliy darajadagi hamkorlik kengashiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari raisligidagi strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishida ishtirok etish uchun 20-21 dekabrda Ukrainaga tashrif buyuradi. Ikki tomonlama munosabatlar va keyingi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, qrim tatarlar mavqei, Ukraina sharqidagi vaziyat, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikrlar almashuvi bo‘ladi", deyilgan Turkiya tashqi ishlar vazirligi bergan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, tashrif vaqtida Chovusho‘g‘luning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, bosh vazir Vladimir Groysman, qrim tatarlar va turk mesxetinlar vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025