Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi 23 dekabrga "syurpriz" tayyorlab qo‘ydi
Xiaomi kompaniyasi Mi Notebook Air noutbukining yangi versiyasi taqdimoti o‘tkazilishini e'lon qildi. Vaholanki, noutbukning birinchi modellari bor-yo‘g‘i yarim yil avval namoyish qilingandi, deb xabar bermoqda Gizmochina.
Xiaomi 12,5 va 13 dyuymli Mi Notebook Air noutbuklarini chiqarishini iyun oxirida ma'lum qilgandi. Kompaniya dekabrda noutbukning yangi modelini namoyish qiladi. Noutbukka kiritilgan yangilik ichki o‘rnatilgan 4G modemdir.

Noutbukda mobil 4G-internet qo‘llab-quvvatlanishi foydasiga noutbuk tasvirida pastki o‘ng burchakda tasvirlangan signal darajasi ikonkasi ham aytmoqda. Kompyuter dizayni, ko‘rinishicha, avvalgidek qoladi. Shuningdek, kompaniya qurilmaning ichki qismini ham o‘zgartirishi mumkin. Taqdimot 23 dekabrga belgilangan.
Mavzuga oid
16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024