Janubiy Koreya Yapon dengizida qutqarilgan baliqchilarni vatanlariga qaytardi
Janubiy Koreya o‘tgan hafta Yapon dengizida qutqarilgan 8 nafar shimoliy koreyalik baliqchini KXDRga qaytardi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
"Shimoliy Koreyaning ikkita patrul kateri va ikkita buksiri shimoliy harbiy-chegara chizig‘ida paydo bo‘ldi va dengizchilar Shimolga jo‘natildi", — deya Milliy birlashuv vazirligi vakili Chon Chjun Xi so‘zlarini keltiradi agentlik.
KXDRning baliqchilik kemalari Yapon dengizida Xitoy kemalari bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng, ikki oydan ko‘proq vaqt mobaynida boshqarilmay suzib yurgan. Janubliklar tomonidan qutqarilgan baliqchilar vatanlariga qaytishni xohlashgan.
Shimoliy koreyalik baliqchilarni vatanlariga qaytarishni tashkil etishda ovoz kuchaytirgichlardan foydalanilgan. Ma'lumki, ikki Koreya davlati o‘rtasida ziddiyat keskinlashgani sabab, mamlakatlar o‘rtasidagi bevosita telefon aloqasi uzib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
20:11 / 10.11.2024