Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiyaning Turkiyadagi elchisi qotilligi haqida lom-lim demadi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Berlindagi Rojdestvo yarmarkasiga yig‘ilgan odamlar ustiga yuk mashinasini haydab, ataylab bosib ketilgan holatni qoraladi. Biroq prezident Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning qotilligi yuzasidan hech qanday fikr bildirmadi.
«Ukrainaliklar fojia qurbonlari uchun duoda va ushbu zo‘ravonlik holatini qattiq qoralaydilar. Buni umuman oqlab bo‘lmaydi», - deb yozdi siyosatchi o‘zining tvitter’dagi sahifasida.
Shu bilan bir qatorda, Ukraina prezidenti Rossiyaning Turkiyadagi elchisining qotilligiga hech qanday izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, elchi Andrey Karlovga qurollangan hujum Anqarada 19 dekabr kuni yuz berdi. Jinoyatchi to‘pponchadan bir necha bor o‘q uzgan. Diplomat og‘ir tan jarohatlarini olib, keyinchalik hayotdan ko‘z yumdi. Rossiya Tergov qo‘mitasi qotillikni xalqaro terrorchilik akti deb baholagan.
Berlinda esa yuk mashinasining kishilar ustiga atayin haydalishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 45 nafar inson jarohat oldi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
20:37 / 27.05.2025