Jahon | 20:07 / 22.12.2016
10326
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Uni Bishkekdagi aeroportda Almazbek Atambayev kutib olgan.

23 dekabr kuni Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev va Eron prezidenti o‘rtasida tor va keng doiralarda uchrashuvlar o‘tkaziladi.

«Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalarni muhokama etishadi. Shuningdek, uchrashuvda Eron va Qirg‘izistonning o‘zaro hamkorligi masalalari xususida gaplashiladi. Tashrif davomida qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif yakunida ikki siyosatchi matbuot uchun bayonot bilan chiqadi. Bundan tashqari, Eron prezidenti Qirg‘iziston Respublikasi Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashib, Qirg‘iziston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi», deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni O‘zbekistonga keladi.

Kun avvalida Qirg‘iziston prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari, tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakov Atambayev Samarqandga borib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirishi haqida ma'lum qilgandi. Atambayev Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doiradagi muzokaralar o‘tkazishi aytilgan.

Mavzuga oid