Xitoy kompaniyasi Qirg‘iziston aviakompaniyasining ulushini xarid qilmoqchi

Xitoyning China Southern Airlines kompaniyasi «Eyr Kirgizstan» davlat aviakompaniyasining 49 foiz aksiyasini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, transport va yo‘llar vaziri Jamshitbek Kalilov hukumat majlisida ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qirg‘izistonda 22ta aviakompaniya bor. Ularning 9tasi operator sertifikatiga ega, 5tasi yuk tashish bilan shug‘ullanadi, qolgani yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, yuk tashish bilan shug‘ullanuvi 5ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmayapti, deb yozmoqda «24.kg» axborot agentligi.
«Ularning sertifikat muddati yakunlangan, shu bois faoliyati to‘xtatilgan. Ular orasida «Eyr Kirgizstan» davlat kompaniyasi ham bor. China Southern Airlines aviakompaniyasidan rasmiy ushbu kompaniyaning bir qismini xarid qilish bo‘yicha rasmiy maktub bor», - degan Jamshitbek Kalilov.
Mavzuga oid

18:56
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uchun 11 yil qamoq jazosi so‘raldi

15:04 / 14.04.2025