Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dronlar shahri barpo etiladi
Yaponiyaning Tiba shahri poytaxt Tokiodan 40 km uzoqlikda joylashgan. Hozirda million kishi yashaydigan bu shaharda yangi uylar faol ravishda qurilmoqda. Bor-yo‘g‘i ikki yildan keyin bu yerga 10 mingdan ko‘proq kishi joylashadi, ular uchun dronlar uchun qo‘nish joyi bilan jihozlangan baland binolar qurilmoqda. Uylar dronlar qo‘nish joylaridan tashqari, havoda harakatlanishning nozik tomonlariga o‘rgatuvchi xodimlar va kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi. Dronlar bilan ishlay oladigan operatorlarni tegishli ravishda tayyorlash uchun mahalliy ta'lim muassasalarida yangi ixtisoslikka talabalar qabul qilinmoqda.
Tiba meri dronlar yordamida mahsulotlarni yetkazish keksa yoshli odamlar uchun yaxshi yechim bo‘lishi mumkinligi aytmoqda. Ulardan ko‘pchiligi o‘zlari do‘konlarga borishga qiynaladilar, yengil va tezkor dron esa kerakli mahsulotlar, dori-darmon va buyumlarni to‘g‘ri qariyalarning uylariga yetkazib berishi mumkin, deb xabar bermoqda Seeker.
Hammasi bo‘lib birinchi partiyada 200 ga yaqin dron ishlaydi. Ular shahar uzra uchib, odamlarga jo‘natmalar va xaridlarni yetkazib berishadi. Shahar ma'muriyatining ta'kidlashicha, dronlarni qo‘llash transport tizimiga tushadigan yuklamani 40 foizga yengillashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, Tiba meri yangi tumanga sayyohlarni jalb qilmoqchi, axir Yaponiyadagi Olimpiadaga ham yaqin qoldi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025