Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yangi mavsum uchun ilk katta transfer amalga oshirildi
«Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Oskar «Shanxay Telleys» klubiga o‘tdi. Bu haqda londonliklar jamoasi rasmiy sayti ma'lum qilgan.
Transfermarkt.de ma'lumotiga ko‘ra, ushbu transfer qiymati 61 mln. yevroni tashkil etgan.

The Times ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik bu futbolchi yiliga 20 million funt (haftasiga 400 ming funt, soliqlar chiqarib tashlangandan keyin haftasiga 90 ming funt) miqdorida maosh oladi.
«Chelsi» safida Oskar 203 uchrashuv o‘tkazgan va bu uchrashuvlarda 38 marta gol urgan.
Ma'lumot uchun, o‘tgan oyda xitoyliklar jamoasiga muqaddam «ko‘klar» jamoasida Oskarga ustozlik qilgan Andre Villash-Boash bosh murabbiy bo‘lgandi.
Oskar 2017 yilning yanvarida yangi jamoasi safiga qo‘shiladi. 25 yoshli futbolchi Xitoy klubi safida 4,5 yil to‘p suradi.
Mavzuga oid
21:52 / 15.05.2025
Shanxayda boladagi sirli toshma sabab uning oilasi samolyotga chiqarilmadi
11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda
20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi
11:02 / 03.03.2025