Jizzax viloyati hokimi almashtirildi
23 dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Davlat rahbari o‘z nutqida mahalliy mutasaddilarni viloyatda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgani uchun tanqid qilgan Xususan, eksport va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagani ta'kidlab o‘tilgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Manbaning ma'lum qilishicha, Ulug‘bek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan.
U shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Endilikda sobiq hokim Sayfiddin Umarovich Ismailov esa Jizzax tumani (kelgusida Sharof Rashidov tumani) hokimi lavozimiga tayinlandi.
Qayd etish kerakki, bu shu oyning o‘zida beshinchi viloyatda hokim o‘zgarishi bo‘ldi. Bungacha, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatida rahbar o‘zgargandi. 3ta viloyat hokimi (Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro) o‘z lavozimlaridan tuman hokimligiga tushirilgan.
Bugun Samarqand viloyatiga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Bu viloyatning sobiq hokimi Mirzayev Zoyir Toirovich Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbari etib tayinlangach, hokimlik lavozimi bo‘sh qolmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
14:01 / 13.10.2024