Samarqandda 1880 yilda qurilgan masjid ta'mirdan chiqarildi
Joriy yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Samarqand viloyati, Samarqand tumanida joylashgan Imom A'zam jome masjidiga tashrif buyurishdi. Ushbu masjid 1880-1890 yillarda qurilgan bo‘lib, sobiq sho‘rolar davrida turli maqsadlarda foydalangan, deb xabar beradi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng turli sohalar qatori mo‘min-musulmonlaga ham erkinliklar berildi. Yurtimizda ko‘plab masjid-madrasalar qaytadan qad rostladi, ibodat qilish uchun qulay sharoitlar hozirlandi. Diyorimiz uzra olib borilgan ko‘plab bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida eskirib, anchayin yaroqsiz holatga kelib qolgan Imomi A'zam jome masjidi binosi ham 1990-1991 yillar davomida qaytadan bunyod etildi.
Bugungi kunga kelib esa Imomi A'zam jome masjidi to‘liq ta'mirdan chiqarilgan va namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan.
Suratlar manbasi: muslim.uz
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024