O‘zbekiston | 12:47 / 24.12.2016
33438
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lini kapital ta'mirlash yakuniga yetmoqda

Foto: 1news.uz

Toshkent viloyati shahar va qishloqlarida aholi punktlari qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar katta hajmda olib borilmoqda. Ular yo‘l-transport tizimini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Endilikda mahalliy aholiga butun viloyat bo‘ylab ta'mirlangan va respublikaning boshqa mintaqalari bilan bog‘lab turuvchi yangi yo‘llar xizmat ko‘rsatmoqda.

-  O‘tgan yildan boshlab 119,9 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va rekonstruksiya qilindi, - dedi “Toshkentavtoyo‘l” hududiy davlat korxonasi direktori Xudoybergan To‘laganov. – O‘tgan davrda ancha ko‘p hajmda ishlar amalga oshirildi. Masalan, Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon avtomobil trassasidagi 20 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish o‘z yakuniga yetmoqda. Yangi Toshkent halqa yo‘lining Sergeli mavzesini aylanib o‘tuvchi va Bektemir-G‘azalkent-Chorvoq avtoyo‘liga chiquvchi 20 kilometr qismidagi yo‘llar rekonstruksiyasi yakuniga yetkazildi. Bularning barchasi shaharlar o‘rtasida transport qatnovini ancha yaxshilash imkonini berdi.

Xalqaro va respublika ahamiyatiga molik umumiy foydalanishda bo‘lgan avtoyo‘llarda ham katta ishlar bajarildi. Toshkent-Dushanbe yo‘lining to‘qqiz kilometrlik qismida ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu obektda yakuniga yetayotgan yilda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, Angren shakar zavodiga olib boruvchi yo‘lda Toshkent-Andijon magistraliga qo‘shiluvchi ikki kilometrlik yo‘l qismi qurildi. Toshkent-To‘ytepa yo‘lining 2,5 kilometrlik qismini qurish ham joriy yilda bitkaziladi. Shuningdek, Toshkent-Chirchiq-Chimyon yo‘lining 10,9 kilometr bo‘lgan ikki qismi foydalanishga topshirildi. Bu esa Parkent tumanidagi yo‘llar holatini sezilarli darajada yaxshilagan. Bundan tashqari, bu yerda Parkent-Zarkent-So‘qoq qismidagi to‘qqiz kilometrlik yo‘lda ta'mirlash ishlari ham yakuniga yetkazilmoqda. 
 

Mavzuga oid