Amerika faxriylariga "Lyukning qo‘li" taqdim etildi (video)
Sakkiz yil davomida ishlab chiqarilgan va ikki yil mobaynida Amerika oziq-ovqat hamda dori vositalari sifatini nazorat qilish federal boshqarmasi (FDA) bilan muvofiqlashtirilgan LUKE (DEKA Arm System) bionik protezi mamlakat harbiy gospitallaridan biriga keltirildi. Tijorat ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishidan avval ilk ikki protez harbiy amaliyotlarda qo‘lidan ayrilgan urush faxriylariga taqdim etildi. Bu haqida engadget.com saytida ma'lum qilindi.
Loyihani moliyalashtiruvchi DARPA agentligi protezlarni inson a'zolariga yanada yaqinlashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokini davom ettiradi. Bundan tashqari, bionik protezlarni periferik va markaziy asab tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda "Lyukning qo‘li"da ("Yulduzlar jangi. Imperiya javob zarbini qaytarmoqda" filmidagi Lyuk Skayuokeruning roboqo‘li sharafiga shunday nom olgan) muskullardan elektrik signallarni uzatishda kultega ulanuvchi elektrodlardan iborat tizim qo‘llanmoqda. LUKE faoliyati algoritmlari mavjud analoglarga nisbatan intuitiv va tushunarliroqdir. Bundan tashqari, sun'iy qo‘lning tashqi boshqaruv tizimi joriy qilingan.
Mavzuga oid
07:41 / 29.02.2024
Davlat tomonidan ta’minlanadigan protez moslamalari turi kengaytiriladi
09:39 / 03.01.2022
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tiladi
20:37 / 26.11.2021
Britaniyada bemorga dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printerda bosilgan sun'iy ko‘z o‘rnatildi
09:23 / 02.07.2021