Jahon | 08:26 / 25.12.2016
8761
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Al-Bob shahrining ozod qilinishi yakunlanayotganini ma'lum qildi

Foto: ria.ru

Suriyaning Al-Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi yakunlovchi bosqichida turibdi, deb ma'lum qildi Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

"Shahar o‘rab olingan, Suriya muxolifati otryadlari Turkiya qurolli kuchlari qismlari bilan birga Al-Bobga kirishdi. Yaqin orada bu shahar o‘z egalariga qaytariladi", deb aytdi Erdo‘g‘an hamda Turkiya qayerda adolatsizlik bo‘lsa, xoh Myunbich, xoh Raqqa bo‘lsin, yordamga kelishini ta'kidlab o‘tdi. 

Erdo‘g‘an "Efrot qalqoni" operatsiyasi boshida Turkiya qurolli kuchlari Suriya ozodlik armiyasi bilan birga Jarablus shahriga kirgani, so‘ngra esa Al-Ray aholi punkti ustidan nazoratni ta'minlaganini eslatib o‘tdi.

"Suriya ozodlik armiyasi o‘rtamiyona Suriya muxolifatini bildiradi va terrorchilikqa hech qanday aloqasi yo‘q. Bu Suriya yerlarini ozod qilish uchun kurash olib boruvchi harakatdir", deb aytdi Erdo‘g‘an va Turkiya qurolli kuchlari Suriya ozodlik armiyasini "o‘rgatish va ta'minlash" dasturi doirasida o‘rgatganini ta'kidlab o‘tdi.

Mavzuga oid