Jahon | 19:12 / 25.12.2016
19986
2 daqiqa o‘qiladi

Tu-154 halokatga uchrashida terakt versiyasi istisno qilinmoqda

Foto: Google image

Kuch tuzilmalaridagi manba Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Sochi yaqinida halokatga uchrashida terakt versiyasi deyarli istisno qilinadi, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Samolyot harbiy maqsaddagi, yaxshi qo‘riqlanadigan obekt hisoblanuvchi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan. U yerga samolyotga portlovchi qurilma qo‘yish uchun yashirincha kirishning iloji yo‘q", deb aytdi manba.

Uning aytishicha, Sochi aeroporti ham kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanadi va u yerga ham begona shaxslarning kirishi istisno qilinmoqda. 

Shoshilinch xizmatlardagi manba samolyotning falokatga uchrashida uning qoldiqlarining katta hududga sochilib ketishiga izoh berib, bu samolyotning suv sirti bilan to‘qnashishida hosil bo‘lgan gidrozarba oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati samolyotning halokatga uchrashiga terakt sabab bo‘lishi mumkinligini tekshirayotgani ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid