Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 yoshli qizcha barmoq izlari skaneri smartfonni himoya qilmasligini isbotladi
6 yoshli Eshlind Xauell, onasining taqiqloviga qaramay, o‘zi uchun Amazon'dan pokemonlar buyurtma qilishga qaror qildi. U onasining iPhone'ida nafaqat 250 dollarga o‘yinchoqlar tanlashning uddasidan chiqdi, balki xarid to‘lovini barmoq izlari skaneri orqali tasdiqlashga ham muvaffaq bo‘ldi. BGR shu haqida xabar berdi.
Aslida Betani Xauell qizining o‘yinchoqlari uchun shuncha pul sarflamoqchi emasdi. Biroq Eshlind onasining smartfonidagi Touch ID'ni "chuv tushirish" usulini o‘ylab topdi.
Betani uyquga ketganida qizi uning xonasiga kirib, uxlayotgan onasining barmog‘i yordamida iPhone'ni blokdan yechdi. Shundan keyin u Amazon'ga kirib, 250 dollarga 13ta pokemon tanladi. Qizcha buyurtma to‘lovini ham xuddi shu usul bilan tasdiqladi.
Tez orada ona pullarning yo‘qolganini sezdi, lekin bunga smartfonining noma'lum kimsalar tomonidan buzib kirilishi sabab bo‘lgan deb o‘yladi. Shunda qizi uni tinchlantirdi: "Oyi, xavotir olmang. Men smartfon orqali xaridni amalga oshirdim. Yaqinda xarid keltiriladi".
Amazon Betaniga 13 pokemondan to‘rttasinigina qaytarishga ijozat berdi. Qolganini Eshlindga sovg‘a qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq ona qiziga Santa-Klaus uning nayrangidan xabar topgani hamda boshqa uni tabriklashga kelmasligini aytdi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025