Jahon | 12:17 / 27.12.2016
14361
2 daqiqa o‘qiladi

Yahudiylar Fransiyani tark etishga chaqirildilar

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Fransiyada yashovchi yahudiylarni bu mamlakatni tark etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Haaretz nashri.

"Fransiyada yashovchi yahudiylarga, ehtimol, "Bu sizning davlat, sizning yer emas, Fransiyadan keting va Isroilga keling" deyish vaqti keldi", deb aytdi Liberman "Bizning uy Isroil" partiyasi yig‘ilishida.

Vazirning so‘zlari 2017 yil 15 yanvarga belgilangan, Yaqin Sharqdagi tinchlik bo‘yicha xalqaro anjuman bilan bog‘langan. Bu anjuman uning tashabbuschisi Fransiyada o‘tkaziladi. Anjumanda 70 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar ishtirok etishi kerak. 

Libermanning aytishicha, yahudiylarning Fransiyadan ketishi "bu fitnaga qarshi yagona javobdir", anjumanning o‘zi esa "Isroil davlatiga qarshi tribunaldir".

Uning aytishicha, anjumandan asl maqsad "Isroil davlati xavfsizligiga putur yetkazish va uni yomonotliq qilish" hisoblanadi.

 

Mavzuga oid