Sport | 10:55 / 27.12.2016
5356
1 daqiqa o‘qiladi

Ugandada futbolchilar qayig‘i cho‘kishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Foto: © AFP

Ugandada Albert ko‘lida mahalliy futbol klubi o‘yinchilari ketayotgan qayiq to‘ntarilib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda

Huquq-tartibot muassasalari vakillarining aytishicha, ko‘l osoyishta bo‘lgan, biroq sportchilar va muxlislar Rojdestvo munosabati bilan bir qayiqqa yig‘ilib, unda xursandchilik qilishayotganda u to‘ntarilib ketgan. 

Ma'lum qilinishicha, futbolchilar o‘rtoqlik uchrashuviga yo‘l olishayotgan bo‘lgan. Kemadagi 45 kishidan 15 kishi qutqarib qolingan. 9 kishining jasadi suvdan chiqarib olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid