Jahon | 16:27 / 28.12.2016
4481
1 daqiqa o‘qiladi

Qatarda muhojirlar uchun oliy o‘quv yurtlari ochiladi

Qatarda muhojirlar soni oshib borayotgani munosabati bilan xususiy oliy o‘quv yurtlari sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus Qatar universiteti rektori Xolid al Xater tomonidan ilgari surilgan. Bu haqda wenr.wes.org ta'lim portali xabar bermoqda.

Rektorning misol keltirishicha, shunga o‘xshash universitetlar Hindiston, Bahrayn va BAAda faoliyat yuritmoqda.

Uning ma'lum qilishicha, muhojirlar uchun ochiladigan mazkur oliy o‘quv yurtlaridagi narxlar mo‘'tadil bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ular Qatar ta'lim vazirligi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishi lozim. Rektor, shuningdek, mamlakatdagi boshqa ta'lim dargohlari uchun xorijliklarga ko‘proq kvotalar ajratilishi zarurligini ta'kidlagan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid