O‘zbekiston | 20:09 / 30.12.2016
11405
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat litsenziya va ruxsatnoma olish jarayonlarini soddalashtirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati litsenziya va ruxsatnoma olish jarayonlarni qisqartirish hamda soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Uzdaily nashrida ma'lum qilindi.

O‘zbekistonning adliya vazirligi Vazirlar mahkamasining "Lisenziya va ruxsat olish jarayonlarni qisqartirish va soddalashtirish choralari to‘g‘risida"gi qarori loyihasini chop etdi. 

Hujjat O‘zbekiston Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatining tezkorlik bilan rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish hamda ishbilarmonlik muhitini sifatli takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. 

Hukumat 2017 yilning 1 aprelidan litsenziyalanuvchi faoliyat va ruxsatnoma olish jarayonlarning muayyan turlarini birlashtirishni taklif qiladi. 2017 yilning 1 iyulidan esa litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatini qisqartiradi. 

Qaror loyihasiga ko‘ra, Vazirlar mahkamasi 1 iyuldan boshlab muayyan faoliyat turlarini litsenziyalash vazifalarini tegishli davlat idoralariga topshirishi mumkin. 

 

Mavzuga oid