Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu xalqaro o‘yinlardagi eng yaxshi to‘purar sifatida taqdirlandi
«Real» hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xalqaro futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) tomonidan 2016 yilning eng yaxshi to‘purari deb topildi.
Reytingda terma jamoa hamda klub safida kiritilgan xalqaro miqyosdagi gollar hisobga olindi. 31 yoshli futbolchi 24ta gol kiritdi. Bu sovrinni Ronaldu 3-marotaba qo‘lga kiritib, rekord qayd etdi. Futbolchi avval 2013 va 2014 yillarda ushbu mukofotg loyiq ko‘rilgan edi.
1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya – 13 gol, «Real» – 11 gol) – 24 gol
2. Lionel Messi (Argentina — 8, «Barselona» – 13) – 21
3. Edinson Kavani (Urugvay – 9, «PSJ» – 7) – 16
4. Hammadi Ahmad (Iroq – 0, «Al-Kuva Al-Javiya» – 16) – 16
5. Robert Levandovski (Polsha – 8, «Bavariya» – 7) – 15
6. Antuan Grizmann (Fransiya – 8, «Atletiko» – 6) – 14
7. Karlos Adriano (Braziliya – 0, «Seul» – 13) – 13
8. Gabriel Jyezus (Braziliya – 8, «Palmeyras» – 4) – 12
9. Jonatan Bolinji (Kongo DR – 6, «TP Mazembe» – 6) – 12
10. Arits Aduris (Ispaniya — 2, «Atletik» – 10) – 12.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025