Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisning Fransiyadagi konsuliga hujum qilindi
Fransiyaning Tuluza shahridagi Tunis konsuliga qurollangan erkak hujum qildi, deb xabar bermoqda Europe 1 radiostansiyasi.
Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli tunislik 30 dekabrda konsul huzuriga oilasini birlashtirish masalasi bo‘yicha kelgan. U konsul xonasida birdaniga buyumlarni sindira boshlagan, so‘ngra yonidan to‘pponcha olib, konsulga tahdid qilgan.
Shovqinga qo‘riqchilar yetib kelib, bosqinchini qo‘lga olishgan. Ta'kidlanishicha, to‘pponcha o‘qlangan bo‘lgan.
Tuluza politsiyasi tunislikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ma'lum qilinishicha, bosqinchining harakatlari terakt sifatida baholanmagan. "Bu ko‘proq shaxsiy adovatga o‘xshamoqda", deb ta'kidlangan prokuraturada.
Mavzuga oid
09:50 / 03.03.2023
Fransiyaning Tuluza shahrida «O‘zbek bog‘i» ochildi
17:49 / 02.03.2023
Yevropaning aviakosmik poytaxti - Tuluzada Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi
03:20 / 21.08.2017
Neymar qahramon bo‘lgan o‘yinda «PSJ» yirik g‘alabaga erishdi
20:15 / 28.01.2017