O‘zbekiston | 11:24 / 02.01.2017
11897
1 daqiqa o‘qiladi

Pop tumani aholisi 2017 yilni archa ko‘chatlarini ekishdan boshladi

Namangan viloyati Pop tumani ahli kirib kelgan yangi 2017 yilni archa ko‘chatlarini ekishdan boshladi. 

Tuman hududi bo‘ylab mingdan ortiq manzarali archa ko‘chatlari tuman markazi, katta yo‘llar bo‘ylari, istirohat bog‘lari, bino va inshootlar oldilariga ekildi. Ushbu xayrli ishga o‘n mingdan ortiq tuman aholisi o‘z hissalarini qo‘shishdi. 

Hasharda ishtirok etganlar joriy yil tuman ahli barcha sohalarda peshqadam bo‘lishlikni va paxta-g‘alla rejalarini ortig‘i bilan bajarib yurtimiz xirmoniga munosib hissa qo‘shishni ahd qilishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid