Jamiyat | 21:38 / 04.01.2017
64123
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanida yer usti metro qurilishi boshlandi (FOTO)

Toshkent shahrining Sergeli tumanida metropoliten yo‘nalishini barpo etish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Qurilish joylaridan olingan fotosuratlarni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Domian Barma “Tashkent stroitsya (Tashkent is under construction)” guruhida joylashtirgan

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni ushbu yer usti yo‘nalishining uzunligi 8 km atrofida bo‘ladi va Chilonzor yo‘nalishining «Olmazor» metro bekatidan Sputnik mavzesiga qadar davom etadi. Jami 6ta bekat barpo etiladi. U Choshtepa, Mirzo Tursunzoda va Qipchoq ko‘chalaridan Sputnik mavzesidagi Marli ko‘chasiga qadar cho‘ziladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qurilish ishlari 4 yilga yaqin muddatda yakunlanadi. 

Mavzuga oid