Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Usoma bin Lodinning o‘g‘liga qarshi sanksiya kiritdi

Foto: U.S. State Department
AQSh Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin va "Arabiston yarimorolidagi "Al-Qoida" yetakchisi" Ibrohim al-Bannaga qarshi sanksiya kiritdi, deb ma'lum qildi AQSh Davlat departamenti.
Ma'lum qilinishicha, Hamza bin Lodin "AQSh milliy xavfsizligi va fuqarolariga jiddiy xatar bildiruvchi" faoliyati sababli sanktsion ro‘yxatga kiritilgan. U 2015 yil avgustdan rasman "Al-Qoida" safiga kirgan bo‘lib, g‘arb davlatlari poytaxtlariga hujumlar qilishga, jumladan AQSh va amerikaliklardan o‘ch olishga chaqiradi.
Sanktsion ro‘yxatga "Al-Qoida"ning Arabiston yarimorolidagi yetakchilaridan biri Ibrohim al-Banna ham kiritildi. AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, u terrorchilik guruhi uchun "jangarilarni tayyorlashda va ma'lumot to‘plashda ko‘p marotaba ishtirok etgan". AQSh avvalroq al-Bannaning tutilishiga ko‘mak berganlik uchun 5 mln dollar miqdorida mukofot puli va'da qilgandi.
AQSh moliya vazirligi qarori bilan yuqoridagi shaxslarning AQSh hududidagi barcha mol-mulki va moliyaviy aktivlari muzlatib qo‘yiladi, AQSh fuqarolariga ular bilan ish olib borish taqiqlanadi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025