Jahon | 18:39 / 06.01.2017
11035
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada amerikaliklarning tanklarini sharqqa olib o‘tish boshlandi

Foto: Deutsche Welle

Germaniyaning Bremerxafen shahrida AQSh piyoda diviziyasi tarkibidagi zirhli harbiy texnikalarni ko‘chirish jarayoni boshlandi.

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, tanklar temir yo‘l vagonlariga yuklanmoqda. Harbiy texnikalar 900 vagonga yuklanadi. Bu vagonlar harbiy texnikalarni Germaniyaning sharqiy nuqtalari, Polsha hamda Sharqiy Yevropaning boshqa nuqtalariga eltadi. 

4 yanvar kuni Germaniyaning bu port shahriga Resolve transport kemasi kelgandi. 8 yanvar kuni Freedom va Endurance nomli kemalar ham yetib kelishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq AQSh Niderlandiyadagi harbiy texnikalar ombori faoliyatini qayta tiklagani va bu yerga tanklar olib kelinishi haqida xabar berilgandi.

O‘tgan yilning aprelida AQSh Estoniyaga 120 nafar harbiy va 10ta tank yuborgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid